Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 12(140)
Рубрика журнала: Искусствоведение
Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2, скачать журнал часть 3
HOMILADOR AYOLLAR UCHUN TAKOMILLASHGAN BANDAJ ESKIZ LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH YO’LLARI
СПОСОБЫ РАЗРАБОТКИ УЛУЧШЕННОГО ЧЕРТЕЖА БАНДАЖА ДЛЯ БЕРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН
Усманова Дильфуза Равшан кизи
магистрант дизайна, Наманганский инженерно-технологический институт,
Узбекистан, Наманган
Салохиддинова Махлиё Нурмухаммад кизи
старший преподаватель кафедры дизайна, канд., Наманганский инженерно-технологический институт,
Узбекистан, Наманган
ANNOTATSIYA
Maqolada homiladorlar uchun maxsus bandajlar va ularni vrach tomonidan tavsiya qilinishi, homiladorlikda taqiladigan bandajning afzalliklari va kamchiliklari o’rganilgan. Tahlil natijasida homiladorlar uchun bantajning takomillashtirilgan variant tavsiya etilgan.
АННОТАЦИЯ
В статье рекомендуются специальные повязки для беременных и их рассмотрение врачом, о преимуществах и недостатках повязки, запрещенной при беременности. Беременным на анализ рекомендован улучшенный вариант повязки.
Kalit so’zlar: bandaj, xususiyat, homiladorlik, korhona, tibbiy madaniyat, rivojlanish, tibbiy bandaj, elastik bandaj.
Ключевые слова: повязка, особенность, беременность, предприятие, лечебная культура, развитие, медицинская повязка, эластичная повязка.
Kirish. Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, "Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi" degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog‘lom va ahil bo‘lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil O‘zbekiston Respublikasida "Sog‘lom ona va bola yili" deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
1. "Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar uning ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo‘nalishlari etib belgilansin:
- oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va v.k[1].
Asosiy qism. Homiladorlik paytida ko'plab ayollarga shifokorlar tomonidan maxsus bandaj kiyish kerar ekanligi tavsiya etiladi. Bu bo’lajak ona va chaqaloqning ahvolini yengillashtirish uchun zarurdir. Keling, tug'ruq uchun bandaj nima ekanligini va nima uchun kerakligini bilib olaylik.
Tug’ruqdan oldin taqiladigan bandaj - bu aslida homiladorlik paytida qorinni ko’tarib turishga imkon beruvchi uskuna. Ushbu aksessuar belning kuchlanishini oldini oladi va qomatni saqlashga yordam beradi, shu bilan mushaklarning haratini va qon aylanishini yaxshilaydi. Shunday qilib,suyakka va barcha organlarga yuk teng taqsimlanadi. Bundan tashqari, bandaj tufayli qorindagi osilgan belgilarni oldini olish mumkin. Biroq, ayol bunday qarorni o'zi qabul qila olmaydi: bandaj taqishi kerakmi yoki yo'qmi. Faqat davolovchi shifokor ruxsat berishi mumkin.
1.Homilani past joylashishi.
2.Ikkinchi homiladorlik bo'lsa.
3.Bir nechta bolani ko'tarishda.
4.Ikkinchi yoki uchinchi semestrda tushish xavfi tug'ilganda.
5.Homila katta bo'lsa.
6.Ko’psuvlik bo’lsa.
7.Xomilaning orqa ko'rinishi bo’lganda.
8.Ayol osteoxondrozdan azob chekayotgan bo'lsa.
Bandajning afzalliklari:
- Bandaj tufayli varikoz tomirlarining kengayishini oldini olish mumkin.
- Homila erta tushmaydi.
- Bundan tashqari, tug'ilmagan bola to'g'ri holatda yotadi.
- Shu tarzda, tos suyaklari ajralib chiqqan paytda yoqimsiz hissiyotlar yoqolishimumkin.
- Va umuman olganda, qorin mushaklari zaiflashadi va bandaj qorinni osilishini oldini oladi.
Shuning uchun homiladorlik paytida bandaj taqish zarur. Biroq, ushbu mahsulotni ba’zi hollarda tavsiya etilmaydi. Agar homilador ayolda buyrak kasalligi, shish paydo bo'lishi va yurak-qon tomir tizimining buzilishilari kabi holat mavjud bo’lsa tavsiya etilmaydi. Faqatgina mutaxassis bilan maslahatlashgandan so'ng bandajni diabet va boshqa surunkali kasalliklarda taqish mumkin[2].
Oddiy tibbiy bandajlar va elastik bandajlar o'rtasidagi 3 farq:
1. Elastik bandaj yumshoq to'qimalarga va yuqori elastiklikka ega;
2. Elastik bandaj yaxshi havo o'tkazuvchanligiga ega;
3. Oddiy tibbiy bandajlar asosan doka bandajlari bo'lib, ular asosan yaralarni bog'lash va mahkamlash uchun ishlatiladi; elastik bandajlar asosan qon aylanishini yaxshilash va oyoq-qo'llarining shishishini oldini olish uchun pastki ekstremitalarning varikoz kengayishi va ortopediyasi bo'lgan bemorlarni ushlab turish va bintlash uchun ishlatiladi. Shuningdek, u operatsiyadan keyin ko'p boshli qorin bo'shlig'ini almashtirishi mumkin va inson tanasining turli qismlarini siqish yoki umumiy jarohatni bog'lash uchun ishlatiladi.
To'liq aytganda, oddiy tibbiy bandajlar bilan tibbiy elastik bandajlar o'rtasidagi farq unchalik katta emas. Foydalanish nuqtai nazaridan elastik bandajlar oddiy tibbiy paxtadan qilingan doka bintlari sifatida ham ishlatilishi mumkin, ammo to'liq doka bintlari odatda elastik bintlar sifatida ishlatilishi mumkin emas.
Elastik bandajlarning fiksaj ko'rsatkichlari yaxshiroq, shuning uchun ular mahkamlangan va siqilgan bandaj mahsulotlari sifatida ishlatilishi mumkin. Oddiy tibbiy bandajlar bilan elastik bandajlarning ba'zi funktsiyalariga erishib bo'lmaydi. Shu sababli, bugungi kunda bozorida elastik bandajlar asta-sekin oddiy tibbiy bandajlar bozorini siqib chiqarmoqda. Oddiy tibbiy bandajlarni ko'p jihatdan asta-sekin almashtirish.
Tibbiy bandajni tanlashda mahsulot ko'rinishiga e'tibor bering. Hech qachon ifloslangan yoki nuqsonli mahsulotni tanlamang. Mahsulotning yaroqlilik muddatiga e'tibor bering. Agar tibbiy bandaj yarani bog'lash uchun ishlatilsa, yaraga bevosita tegmaslikdan ehtiyot bo'ling. Uni professional kiyinish mahsulotlari bilan ajratish kerak, bu jarohatlar uchun juda yaxshi[3].
Tavsiya etilayotgan model tasnifi:
Tavsiya etilayotgan model bandaj eskizi boshqa turdagi bandajlardan farqli o’laroq qorin sohasidan boshlab to yelkagacha sozlovchi(regulirovka) remen o’rnatiladi, qo’ltiq ostidan o’tgan tesmaga qorin tortib ketmasligi uchun kurak qismida lipuchka (yopishtirgich) o’rnatiladi. tortib turuvchi qorin sohasi ochiq, qorin pastki qismni ko’tarib turuvchi belbog’(poyas) joylashgan, poyas ustida eni 12sm rezinka tikilgan. Har bir poyas boshiga lipuchka tikilgan. Rezinka pastdan tepaga qaratip tortiladi va lipuchkaga yopishtiriladi (1-rasm).
Ushbu bandaj elastik cho’ziluvchan matodan va trikotaj matosidan tayyorlanadi. Trikotaj matosini bandajning belvog’ida va kurakda joylashgan lipuchkaning ustidan qo’llanadi. Trikotaj mato paxta tolasidan tayyorlanadi, havo o’tkazuvchanlik, namlikni yuqori darajada o’zida saqlab qolish imkoniyatiga ega. Remenni yelkadan o’tkazishning sababi belga tushadigan og’riqni va toliqishni oldini olish uchun ishlatiladi va qorinni 2 baravar ko’tarib turishga imkon beradi.
Elastik matoni esa bandajning belbog’ (poyas) qismida ishlatiladi. Elastik mato qorin sohasini me’yorda ko’tarib turuvchi vosita hisoblanadi: qorinni osilib qolmaslikka; erta tug’ilishni oldini olish; varikozni paydo bo’lishini oldini olish; homila va suv bosimini kamaytiradi va boshqa muammolar uchun qo’llanadi.
1-rasm. Xomilador ayollar uchun takomillashgan bandaj model eskizi
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, homiladorlik paytida havf yuzaga kelgan hollarda avvalo shifokor ko’rigi zarur. Homilador ayolga shifokor ko’rigi natijasida bandaj taqish tavsiya etilgan bo’lsa mavjud bandajlardan foydalanadilar. Mavjud bandajlarni o’rganish natijasida bir qancha noqulay jihatlari aniqlandi. Mana shu kamchiliklarni bartaraf etib, takomillashgan bandaj eskizi ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- I.A.Karimov. PQ-2487-sonli “SOG‘LOM ONA VA BOLA YILI” DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA prezident qarori. Toshkent. 9-fevral 2016 yil.
- https://www.orto-plus.ru/blog/dlya-chego-nuzhen-bandazh-pri-beremennosti.html
- www.jusheng-industrial.com
Оставить комментарий