Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: LXI Международной научно-практической конференции «Вопросы технических и физико-математических наук в свете современных исследований» (Россия, г. Новосибирск, 22 марта 2023 г.)

Наука: Математика

Секция: Математическая логика, алгебра и теория чисел

Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции

Библиографическое описание:
G’ofurova D., Muxamedova G.R. O’QUVCHILARINING REFLEKSIV HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI // Вопросы технических и физико-математических наук в свете современных исследований: сб. ст. по матер. LXI междунар. науч.-практ. конф. № 3(52). – Новосибирск: СибАК, 2023.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

O’QUVCHILARINING REFLEKSIV HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

G’ofurova Dilorom

Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti bitiruvchi kurs talabasi,

O'zbekiston, Toshkent

Muxamedova Gulchexra Rixsibaevna

ilmiy rahbar, Toshkent davlat pedagogika universiteti, "Umumiy matematika" kafedrasi dotsenti,  pedagogika fanlari nomzodi,

O'zbekiston, Toshkent

5 va 6 sinf o’quvchilarining refleksiv harakatlarini rivojlantirishda mantiqiy masalalardan foydalanish juda samarali va muhimdir. Ammo 5 va 6 sinf o’quv dasturida mantiqiy masalalar uchun alohida dars soatlari ajratilmagan. Shunga qaramay, o’qituvchilar tanqidiy fikrlovchi, vaziyatlarga ijodiy yondashuvchi o’quvchilarni tarbiyalsh uchun darslarining ma’lum bir qismida yoki takrorlash darslarida mantiqiy masalalardan foydalanishi mumkin. Masalan, 5-sinf darsligida III bob matnli masalalarni yechish deb ataladi. Bu bobdagi mavzularning o’tilishi taqvimiy-mavzu rejada quyidagicha belgilangan:

Jadval 1.

Matnli masalalarni yechish bobiga ajratilgan soatlar

 

Ko’rib turganimizdek, matnli masalaning har bir turini o’tish va tushuntirish uchun 2 soatdan vaqt ajratilgan. Demak, o’qituvchi bu ikki soatning birinchi soatida o’quvchilarga aynan mana shu turdagi matnli masalani, ikkinchi soatida esa shu mavzuga yaqin b’lgan mantiqiy masalalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Masalan, ikki jism harakatiga doir masalalardan so’ng, to’plamlarni tartibga keltirishga doir mantiqiy masalalardan namunalar ko’rish mumkin. Xuddi shu kabi bob davomida mantiqiy masalalarning barcha turlari bilan o’quvchilarni tanishtirib bo’lgach, bob yakunidagi takrorlash darsida mantiqiy masalalardan to’laligicha foydalanish mumkin. Quyida mana shu darsning dars ishlanmasi bilan tanishamiz:

Jadval 2.

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu:

III (Matnli masalalarni yechish) bobi yuzasidan takrorlash

 

Bosqichlar,

Vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchining

O’quvchining

1-bosqich.

Tashkiliy qism

(3 min.)

  1. Salomlashiladi
  2. Davomat aniqlanadi
  3. Dars mavzusi va rejasi e’lon qilinadi.

1.1.Eshitadilar, yozib oladilar.

2-bosqich.

Bilimlarni faollashtirish

(8 min.)

2.1. Bilimlar “Insert jadvali” metodi yordamida faollashtiriladi. (1-ilova);

 

2.1.Eshitadi, o’ylaydi, tarqatma varoqlarga javoblarni belgilaydi.

3-bosqich.

Asosiy

(30 min.)

3.1. O’quvchilar 5 tadan bo’lib beshta kichik guruhlarga bo’linadilar. “Bumerang” metodidan foydalanish qoidalari tushuntiradi;

3.2. Har bir guruhga mos topshiriqlar to’plami beradi; O’quvchilar vazifani bajarguncha insert jadvali tekshiriladi. (2-ilova);

3.3. Bajarilgan vazifalar yig’ib oladi. Kichik guruhlarni qaytadan tuzadi.

3.4. Yangi kichik guruhlarga topshiriqlar to’plami beradi; O’quvchilar berilgan vazifani bajarguncha 1- vazifalarni tekshiradi, har bir guruhga ball qo’yadi. (3-ilova)

3.5. Kichik guruh a’zolari o’zlarining dastlabki guruhlariga qaytishini aytadi. Barcha guruhlar uchun umumiy masala e’lon qiladi;(4-ilova)

3.6. Topshiriqni tekshiradi, ballarni hisoblaydi va masalalar yechimlariga izoh beradi;

3.1. O’zlariga belgilangan joyga o’tiradilar, tinglaydilar;

3.2. Topshiriqni bajaradi, guruh bilan muhokama qiladi.

3.3. Yangi joylarini egallaydi.

3.4. Har bir yangi a’zo o’ziga tegishli misolni ishlaydi va guruhning boshqa a’zolariga tushuntirib beradi.

3.5.O’z guruhlariga qaytishadi, guruh bilan vazifani bajarishadi.

4-bosqich.

Yakuniy

(4 min.)

4.1. O’quv jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi

4.2.  Uyga vazifa beradi.(5-ilova)

4.1. Jadvalni to’ldiradilar.  4.2.Topshiriqni yozib oladilar.

1-ilova.

Quyidagi ma’lumotlarni insert jadvaliga joylang:

  1. Matnli masala- muammoli vaziyat tavsifidan iborat.
  2. Matnli masalani yechish shartli ravishda 3 ta bosqichlarga bo’linadi.
  3. Matnli masalani yechish quyidagi to’rtta bosqichdan iborat:
  4. Uqish (masala matnini o’qish va uni tahlil qilish)
  5. Reja (masalani “matematik til” ga o’girish va yechish bosqichlarini rejalashtirish)
  6. Yechish ( hisob-kitob ishlarini amalga oshirish)
  7. Tekshirish ( natijani tekshirish)
  8. Tomonlari uzunliklari  va  bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning yuzi  formula bilan aniqlanadi.
  9. Agar kvadratning tomoni uzunligi  bo’lsa, perimetri  ga teng bo’ladi.
  10. Bosib o’tilgan masofani toppish uchun tezlikni harakat vaqtiga ko’paytirish kerak, ya’ni
  11. Harakat tezligini topish uchun bosib o’tilgan masofani vaqtga bo’lish kerak, ya’ni .
  12. Xarid uchun jami to’langan pulni topish uchun tovar narxini uning xarid qilingan miqdoriga ko’paytirish kerak.

Bajarilgan ish miqdorini toppish uchun vaqt birligi ichida bajarilgan ish (mehnat unumdorligi) nib u ishni bajarishga ketgan vaqtga ko’paytirish kerak.

Jadval 3.

To’ldirish uchyn insert jadvali.

V

(Men bilgan ma’lumotlarga mos)

-

(Men bilgan ma’lumotlarga zid)

+

(Men uchun yangi ma’lumot)

?

(Men uchun tushunarsiz ma’lumot)

 

 

 

 

2-ilova.

Topshiriqlar to’plami

1-guruh uchun.  “Plombir” muzqaymog’ining beshdan bir qismini sut tashkil qiladi. 1ta muzqaymoqning o’rtacha o’g’irligi 250 gr. (1-rasm). Muzqaymoq ishlab chiqaruvchi tadbirkorga 1000 dona “Plombir” muzqaymog’ini tayyorlash uchun qancha sut kerak?

 

 

Rasm 1. 1-guruh masalasi uchun

 

2-guruh uchun. Qirmizi rangdagi arqon uznligi yashil arqon uzunligining yarmiga teng, ammo qizil rangdagidan ikki marta uzun (2-rasm).  Kumush rangli arqon yashil rangli arqondan 3 marta uzun. Qaysi arqon eng uzun?

 

 

Rasm 2. 2-guruh masalasi uchun

 

3-guruh uchun. Uydan maktabgacha bo’lgan masofa 1 km 200 m. Olimjon maktabga borayotib 1 km yo’lni 20 minutda bosib o’tdi. Soatiga qarasa, birinchi dars boshlanishiga 7 minut vaqt qolibdi. Olimjon shu tezlik bilan yo’lida davom etsa darsga kechikmay yetib boradimi (3-rasm)?

 

Rasm 3. 3-guruh masalasi uchun

 

4-guruh uchun. Do’konda reklama tadbiri o’tkazilmoqda: Sotib olingan har ikki dona choy qadog’iga uchunchisi sovg’a qilinadi (4-rasm). Choy qadog’ining narxi 11500 so’m.100 000 so’mga ko’pi bilan necha dona choy qadog’i sotib olish mumkin?

 

Rasm 4. 4-guruh masalasi uchun

 

5-guruh uchun. “Super kontik” shokoladli pecheniysining ustiga shokolad qoplovchi stanok 4 soatda 200 ta pecheniyni shokolad bilan qoplaydi (5-rasm). 6 soatda stanok nechta pecheniyni shokolad bilan qoplaydi?

Izoh: O’qituvchi darsning oxirigacha “Bumerang” o’yinini yakunlashi uchun  bu shartni bajarish uchun o’quvchilarga vaqt reglamentini qo’yishi shart.

3-ilova

Barcha guruhlar uchun umumiy beriladi

  1. Muazzam xonim ikki qadam oldinga, keyin bir qadam orqaga qarab yurishni yaxshi ko’radi. U ikki qadam oldinga yurish uchun bir soniya va orqaga qaytish uchun ikki soniya vaqt sarflaydi. Uning oldinga va orqaga qadamlari okkalasining ham uzunligi 60 sm. Uning boshlang’ich pozitsiyasidan 30 m uzoqlashishi uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?
  2. Saodat xonim o’g’illari Kamoliddin va Murodjon uchun sport poyafzallari sotib olyapti. Quyidagi jadval mavjud poyafzallar haqida ma’lumot beradi.

Jadval 4.

 Poyafzallar haqida ma’lumot

Turi

Mavjud o’lchamlari

Qanday rangli turlari bor

Narxi

A poyafzal

1-10

Oq

$ 60

B poyafzal

5-12

qora, ko’k

$ 50

C poyafzal

3-8

qora

$ 55

D poyafzal

2-6

qizil, qora, oq

$ 70

E poyafzal

5-10

ko’k, qora

$ 40

 

Kamoliddin 4 o’lchamli poyabzal kiyadi, lekin u qora yoki ko’k sport poyafzalini yoqtirmaydi. Murodjon 8 o’lchamli poyafzal kiyadi va faqat oq yoki qizil poyafzal kiyadi. O’g’illarining istaklarini inobatga olgan holda ikki juft poyafzal olish uchun Saodat xonimga kamida qancha pul kerak?

4- ilova.

Rasmdagi ma’limotlar asosida so’roq belgisi o’rnidagi sonni toping(6-rasm)

Rasm 6. Test uchun rasm

A) 118      B)108      C)113        D)95

5-ilova.

Uyga vazifa:

1. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz ikkiga buklandi, keyin shu buklanish chizig’iga perpendicular ravishda yana ikkiga buklandi. Buklangan qog’ozning bir uchi qirqib olindi. Keyin buklangan qog’oz ochildi. Quyidagilarning qaysi biri ochilgan qog’ozning ko’rinishi mumkin emas. (Nuqtali chiziq qog’ozning buklanish yo’lini bildiradi)

2. Har bir o’quvchi 5 tadan turli xil mantiqiy masalalar yozib keladi. Bunda masalalar mantiqiy va matematik bo’lishi mumkin.

Dars o’quvchilarning darsda ishtirok etish faolliklariga ko’ra baholash va uyga vazifani tushuntirish orqali berish bilan yakunlanadi.

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. Alixonov S. “Matematika O’qitish metodikasi”. Universitetlarning matematika fakulteti bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun darslik-T.: “O’qituvchi”, 2008 y. 206 b.
  2. Haydarov B.Q. Matematika. 5-sinf uchun darslik..Toshkent-2020.
  3. Mirzaahmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismoilov Sh.N.,To’xtaxodjayevaM.A.Matematika. 6-sinf uchun darslik. “O’qituvchi”nashriyot- matbaaijodiyuyi .  T-2017.
  4. Yorqulov R., Barakaeva M. “Algebra va matematik analiz asoslari fanidan izohli lug’at ” I qism T: 2011-55 bet.
  5. Пойя Д. Математическое открытие. Решение задач, основные понятия и преподавания. Москва, “Наука”, 1976 г.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.