Поздравляем с Новым Годом!
   
Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: XLVII Международной научно-практической конференции «Культурология, филология, искусствоведение: актуальные проблемы современной науки» (Россия, г. Новосибирск, 07 июня 2021 г.)

Наука: Филология

Секция: Теория языка

Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции

Библиографическое описание:
Dilnavoz X. KOREYS TILIDA “VAQT” KONSEPTLI FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TAHLILI // Культурология, филология, искусствоведение: актуальные проблемы современной науки: сб. ст. по матер. XLVII междунар. науч.-практ. конф. № 6(39). – Новосибирск: СибАК, 2021. – С. 79-85.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

KOREYS TILIDA “VAQT” KONSEPTLI FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TAHLILI

Dilnavoz Xamidova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy izlanuvchisi,

 O‘zbekiston, Toshkent

THE SEMANTIC ANALYSIS OF PHRASEOLOGISMS OF THE KOREAN LANGUAGE WITH THE CONCEPT OF “TIME”

 

ANNOTATSIYA

Bugungi globallashuv va xalqlarning jadal integratsiyalashuvi jahon tillarida qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganishlarning salmoqli ahamiyatini ko‘rsatmoqda, ayniqsa, muayyan tilning lisoniy manzarasida muhim va muqim iboralar tadqiqi ushbu tillarning milliy-madaniy kodlarini ochib berishda dolzarb hisoblanmoqda. Maqolada koreys tilidagi vaqtni ifodalovchi frazeologik birliklar tanlanib, o‘zbek lisoniy manzarasidagi muqobil frazeologizmlarga muqoyasa qilindi. Har bir frazeologik birlik izohlar va misollar orqali yoritib berildi.

ABSTRACT

Today’s globalization and rapid integration of peoples underscores the importance of comparative studies of world languages, especially the study of important and stable expressions in the linguistic picture of a particular language, revealing the national-cultural codes of these languages. The article selects phraseological units representing Time in Korean language and compares them with alternative phraseological units in the Uzbek linguistic picture. Each phraseological unit was illuminated through comments and examples.

 

Tayanch so‘zlar: til va madaniyat, frazeologik birlik, lisoniy manzara, VAQT konsepti, semantik tahlil.

Keywords: language and culture, phraseological unit, linguistic picture, concept of TIME, semantic analysis.

 

Kirish

Har bir tilning o‘ziga xos xususiyati undagi muhim qatlam hisoblanmish turg‘un iboralar – frazeologizmlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, iboralar kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan turli munosabatlarni qisqa, lo‘nda va ta’sirchan qilib ifodalaydi. Tilda frazeologizmlarning qanchalik ko‘p bo‘lishi o‘sha til imkoniyatlarining shunchalik kengligidan dalolat beradi. Iboralar zamonlar osha sayqallanib boradi, mazmunan teranlashadi. Tildagi turg‘un iboralarni o‘ziga xos qomus desak mubolag‘a bo‘lmaydi va ular har bir tilning olam manzaralarini yorqinroq ochib berishga xizmat qiladi. Olimlarning fikricha, olam manzarasi – bu sub’ektning atrof-olam, real yoki xayoliy voqelikka oid bilim va fikr-mulohazalari majmuasidir. Ilmiy tasnif va talqinlar negizida mujassam bo‘lgan dunyo to‘g‘risidagi dastlabki bilimlar aynan tilda turg‘un shakllar ko‘rinishida saqlanib qolgandir (Baxronova, 2021). Ayni chog‘da, frazeologik birliklar semantikasi va tuzilishiga ko‘ra o‘ta murakkab bo‘lib, tilshunoslikda chuqur va har yoqlama o‘rganishni talab etadi.

Asosiy qism

Koreys lisoniy manzarasi o‘zining frazeologizm va xalq maqollariga boy tilligi bilan ajralib turadi. Koreys frazeologik birliklari (FB) orasida vaqtni ifodalovchi iboralarni ko‘plab uchratish mumkin. Quyida ularni misollar orqali o’zbekcha variantlari ifodasi bilan ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz:

눈 깜짝할 사이– so‘zma-so‘z “ko‘zni pirpiratish oralig‘ida” deb tarjima qilinadi. Qisqa muddat ichida, ya’ni soniyalar mobaynida bo‘lib o‘tgan ish-harakatni ifodalab keladi. O‘zbek tilida “ko‘z yumib ochguncha (ba’zan, ko’z ochib yumguncha)” iborasiga muqobil bo‘la oladi. Masalan: 그 많은 걸 눈 깜짝할 사이에 먹어 치우다니!

Tarjimasi: Shunday kop ovqatni koz yumib ochguncha yeb tashlabsanmi?!

내가 잠깐 자리를 비운 사이, 일은 눈 깜짝할 사이에 벌어지고 말았다.

Tarjimasi: Men biroz vaqt bolmaganimda, ishni koz yumib ochguncha bitirib qoyibdi.

Demak, misollardan ko‘rishimiz mumkinki, ushbu ibora juda qisqa muddatni ifodalaydi. Biz bilamizki, ko‘z yumib ochish jarayoni juda kichik vaqt oralig‘ida yuzaga keladi. Biz uni necha soniyada amalga oshayotganini anglab ololmaymiz. Shu sababli ushbu iborada oniy lahza, ya’ni juda qisqa muddatni ifodalash uchun aynan ko‘z yumib ochish jarayoni metafora qilib olingan. Shu o‘rinda koreys tili manbalarida buddistlarda “찰나” termini – (lahza, on, fursat, ko‘z yumib ochguncha o‘tadigan vaqt) juda qisqa muddatni ifodalaydi.

메뚜기도 한철 (메뚜기도 유월이 한철) – so‘zma-so‘z “chigirtka mavsumi” deb tarjima qilinadi. Bu FBlik mazmunida kuch, hokimiyat va shu kabilar gullab yashnashi, rivojlanishi eng yuqori darajaga chiqish vaqtining qisqa ekanligi ifodalanadi. O‘zbek tilida “bir kapalak umri kabi” iborasiga muqobil bo‘la oladi. Jumladan: 메뚜기도 유월이 한철인데, 기회가 닿을 배 최선을 다하기 바란다.

Tarjimasi: Iyun oyi chigirtka mavsumi, zero imkoniyatni qoldan chiqarmaslik uchun qolingizdan kelganicha harakat qilasiz degan umiddaman.

Yer yuzida tirik jonzot borki, ularning gullab-yashnaydigan davri bo‘ladi. Yoz fasli boshlarida chigirtkalar guruch dalalari va maysazorlarda mo‘l-ko‘lchilikda yashaydi. Ammo yoz o‘rtalariga kelib maysalar quriydi va chigirtkalar uchun to‘kin-sochinlik mavsumi tugaydi. Ushbu hodisa nafaqat chigirtkalarga, balki barcha tirik jonzotlarga taalluqlidir. Barcha narsaning avj nuqtasi faqat bir marta bo‘ladi va u uzoq davom etmaydi. Insonlarning hayot faoliyatiga ham bu hodisa mengzaladi. Har kimga hayoti davomida qulay imkoniyat va fursat berilishi va ulardan qanday foydalanish kishining o‘z qo‘lida bo’lishi nazarda tutiladi.

백날이 가도 – so‘zma-so‘z “yuz kun o‘tsa ham” deb tarjima qilinadi. Qancha vaqtlar o‘tsa ham o‘zgarmaydigan holat va harakatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Masalan: 그 사람은 포기해라. 백날이 가도 그렇게 살 사람이다.

Tarjimasi: U odamdan voz keching. U yuz kun o‘tsa ham o‘zgarmaydigan odam.

네 자세를 바꾸지 않는 한  네 생활은 백날이 가도 그 타령일 것이다.

Tarjimasi: Siz holatingizni o‘zgartirmas ekansiz, yuz kun o‘tsa ham hayotingiz avvalgiday bo‘lib qolaveradi.

Iborada uzoq muddat “yuz kun” so’z birikmasi orqali ifodalangan. Semantik jihatdan bu frazeologizm oradan qancha vaqt o‘tsa-da, ish-harakat natijasi o‘zgarishsiz qoladigan vaziyatlarda, hayotda faol bo’lmagan kishilarga nisbatan qo’llanishi yuqorida keltirilgan misollarda ko‘rinib turibdi. O‘zbek lisoniy manzarasida “yuz/ming yil o‘tsa ham” degan muqobili uchraydi:

Biz ming yil umr ko‘rib,

Ming yil she’r bitsak,

Ming yil bayon etsak yurak arzimiz,

Dehqon mehnatini sharaflab o‘tsak,

Har tup g‘o‘zasini bir doston etsak,

Shunda ham biz agar olamdan ketsak

Bo‘ynimizda ketar qarzimiz (E.Vohidov. Qo‘ng‘irotda aytilgan alyor). Aslida odamzot yuz yil atrofida yashashi mumkin, bu she’rda dehqon mehnati mashaqqatini ko‘rsatish uchun shoir “ming yil umr” mualliflik iborasini yaratgan.

시간이 말해 주다 – so‘zma-so‘z “vaqt aytib beradi” deb tarjima qilinadi. Belgilangan muddat kelganda barcha narsa oydinlashishini ifodalaydi. Tarjimalarda o‘zbek tilidagi “barchasini vaqt ko‘rsatadi” yoki “vaqt – oliy hakam” iboralari muqobil sifatida ishlatish mumkin.

Masalan: 내가 한 연구의 의의는 시간이 말해 것이다.

Tarjimasi: Mening izlanishlarimning ahamiyatini vaqt korsatadi.

그가 시도하는 것이 얼마나 가능할까 하는 것은 앞으로 시간이 말해 줄 것이다.

Tarjimasi: Uni qanday qilib sinab korish mumkinligini hali vaqt korsatadi.

Ya’ni, biz kelajakda nima bo‘lishini oldindan aytib bera olmaymiz. Vaqt o‘tishi bilan esa barcha narsa oydinlashadi. Ushbu ma’noda o‘zbek lisoniy mazarasida “G‘alvir suvdan ko‘tarilganda” FB ham faol qo‘llaniladi: “G‘alvir suvdan ko‘tarilganda”, ya’ni natijalar sarhisob qilinganda, hammaning yuzi yorug‘ bo‘ldi. Barcha tinglovchilar o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganligi uchun sertifikat olishga munosib, deb baholandi (Misol internet sahifasidan olindi).

Shu o‘rinda koreys tilida “세월이 약이다” maqoli ham mavjudki, uning mazmunida vaqt barcha narsaga da’vo ma’nosi ifodalanadi. 

어제 오늘 – so‘zma-so‘z “kecha bugun” deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida yaqinda, oxirgi vaqtlarda mazmunidagi payt ravishlariga ma’nodosh bo‘la oladi. Masalan: 어제오늘 있었던 일도 아닌데 뭘 그리 놀라나?

Tarjimasi: Kecha bugun bo‘lgan ish emas-ku, nega buncha hayratlanasiz?!

우리나라 정치의 모순과 불합리가 어제오늘 시작된 것은 아니다.

Tarjimasi: Koreya siyosatidagi ziddiyat va mantiqsizliklar kecha yo bugun boshlangan emas.

오늘 내일 – so‘zma-so‘z bugun erta yoki “tezroq” deb tarjima qilish mumkin. Imkoni boricha tezroq bajarilishi kerak bo‘lgan ish-harakatga nisbatan qo‘llaniladi. Jumladan: 일이 급하니까 오늘내일 가부간에 결정을 내리시기 바랍니다.

Tarjimasi: Ish shoshilinch bo‘lgani uchun tezroq qaror qabul qilishingizni so‘rayman.

오늘내일에 끝날 일이 아닙니다. 시간을 두고 지켜보셔야 합니다.

Tarjimasi: Bugun erta bitadigan ish emas. Albatta vaqtni e’tiborga oling.

요람에서 무덤까지 – so‘zma-so‘z “beshikdan qabrgacha” deb tarjima qilinadi. To tug‘ilgandan o‘lgunga qadar bo‘lgan davrni ifodalaydi. Masalan:

복지가 잘된 나라에서는 요람에서 무덤까지 국가가 개인을 책임진다.

Tarjimasi: Farovon yurtda beshikdan qabrgacha shaxs uchun davlat javobgardir.

문자 그대로 요람에서 무덤까지 뇌물을 깔고 살아야 될 것 같은 세상이다. 산부인과 병원의 간호사부터 장례식 때 인부에 이르기까지.

Tarjimasi: Bu dunyo tom ma’noda beshikdan qabrgacha pora bilan yashayotgandek: akusherlik va ginekologiya shifoxonalaridagi hamshiralardan tortib dafn marosimidagi ishchilargacha. Ijtimoiy farovonlik haqidagi bu kinoyaomuz jumla Koreyada mashhur shiorga aylangan. Bu shuni anglatadiki, davlat barcha fuqarolarning tug‘ilishidan to o‘limigacha bo‘lgan davrni to‘liq ijtimoiy ta’minotini kafolatlashi va shu bilan xalq hayotidagi tashvishlardan xalos qilishi lozimligi yo‘lida muayyan xizmat to‘lovlari nazarda tutiladi. Dunyodagi ba’zi rivojlangan davlatlar matbuotida ularning milliy ijtimoiy ta’minot tizimini tanqid qilish va yaxshilashda bu jumla ko’p ishlatiluvchi kinoya-shiorga aylangan.

하루 아침에 – so‘zma-so‘z “bir kuni ertalab” deb tarjima qilinadi. Qisqa vaqtda taajjublanishni ifodalaydi. Mazkur frazeologizm bir kechada yoki o‘zbek lisoniy manzarasiga rus tili vositasida kirib kelgan Rim ham bir kunda qurilgan emas iborasiga muqobil bo‘ladi. Masalan: 하루아침에 달인이 된 사람은 없다.

Tarjimasi: Bir kecha-kunduzda hech kim usta bo‘lib qolmaydi.

최고의 권위를 자랑하던 신문사가 하루아침에 문을 닫아야만 할 정도로 현실은 참담했다.

Tarjimasi: Haqiqat shu qadar dahshatli ediki, yuqori mavqeyi bilan faxrlanadigan gazeta nashriyoti bir kechada yopilishi lozim edi.

하루 이틀 – so‘zma-so‘z “bir-ikki kun” deb tarjima qilinadi. Qisqa muddatni ifodalaydi. Bu iborani biz o‘zbek frazeologizmlari orasida ham uchratishimiz mumkin. Jumladan: 하루 이틀 해서 될 일이 아니다.

Tarjimasi: Bu bir-ikki kunda bitadigan ish emas.

직장 생활 하루 이틀 하나, 그 정도 눈치도 없어!

Tarjimasi: Bir-ikki kunlik ishim deb shu darajada e’tiborsiz bo‘lib kettim!

하룻밤 사이에 – so‘zma-so‘z “bir kecha davomida” deb tarjima qilinadi.  “하루 아침에” iborasi bilan bir xil ma’noda qo‘llaniladi, ya’ni qisqa muddatni ifodalaydi. Jumladan: 하룻밤 사이에 세상이 수십 번 바뀐 것 같다.

Tarjimasi: Bir kechada dunyo o‘n marotaba o‘zgarganga o‘xshaydi.

사회적 변화가 하룻밤 사이에 이루어지는 것은 아니다.

Tarjimasi: Ijtimoiy o‘zgarishlar bir kechada sodir bo‘lmaydi.

Iboralar xalqning uzoq asrli an’analari, urf-odati, madaniyati va tarixini aks ettirgani uchun ham ahamiyatlidir. Koreys tili o‘zbek tili singari maqol, matal va iboralarga boy tillardan biridir, uning butun go‘zalligi, tarovati ana shu birliklarda o‘z ifodasini topgan. Biz yuqorida tanishib chiqqan vaqtni ifodalovchi FBlar mana shu fikrimizga kichkina dalili bo‘lib xizmat qiladi. Ular aslida ikki-uch leksemadan tashkil topgan bo‘lsa-da, tarjimada bitta so‘z yoki gapga to‘g‘ri kelishi mumkin. Mazkur iboralarning tarjimada asl ifodasini ochib berishda o‘zbek frazeologik birliklari orasidan ma’nodoshini topish yoki kalka sifatida qo‘llash mumkin. Buning uchun D.Baxronova ta’kidlaganidek, har bir millatning milliy-madaniy xususiyatlarini bildiruvchi til birliklarini asliyatdan bevosita tarjima qilish mutarjimdan mohirlikni, asliyat tilining milliy metafora va iboralari mazmunlaridan xabardorlikni taqozo etadi (Baxronova, 2016). Demak, muayyan til lisoniy va milliy-madaniy manzaralarini ochib berishda, hamda lingvomadaniyatshunoslik va tarjimashunoslik fanlari rivojida FBlar qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili muhim tadqiqotlardan hisoblanadi.

Xulosa

Frazeologik birliklarda xalqning urf-odati, madaniyati, yashash tarzi, o‘ziga xos an’analari va milliy mentaliteti aks etadi. Frazeologik birliklar tarkibida bir nechta so‘z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona ko‘chma ma’no bilan birlashadi va emotsional-ekspressivlik hamda obrazlilikni ifodalaydi. Ular nutqni lo‘nda, ta’sirchan va jozibador bo‘lishini ta’minlaydi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – T.: Qomuslar   bosh tahririyati, 1992. – 382 b. 
  2. Бахронова Д. Лингвокультурные особенности зооморфных фразеологических единиц//Вестник Челябинского государственного университета. 2016. № 9 (391). Филологические науки. Вып. 102. – С.36-43.
  3. Бахронова Д. Олам манзараcининг категориал хусусиятларига доир// Хорижий филология. – №1 (132), 2021. – B. 56-65.
  4. 우리 말 관용어 사전 1 판 1 쇄회 낸 날 2014 년 5 월 20 일.
  5. 박 수미. 초등 국어 표현력 사전. 2019 년. 327 쪽.
  6. 박 영 준. 관용어 사전. 1996 년. 251 쪽.
  7. 김 준기. 현대 국어 과용어 연구. 2003 년. 226쪽.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

Оставить комментарий