Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 15(227)

Рубрика журнала: Медицина

Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2, скачать журнал часть 3, скачать журнал часть 4, скачать журнал часть 5

Библиографическое описание:
Xusanova M.T., Mamadaliyev A.Sh. JIGAR – HAYOT UCHUN MUHIM A’ZO // Студенческий: электрон. научн. журн. 2023. № 15(227). URL: https://sibac.info/journal/student/227/286164 (дата обращения: 26.04.2024).

JIGAR – HAYOT UCHUN MUHIM A’ZO

Xusanova Malika To’xtamurod qizi

Talaba, tibbiyot fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi,

O'zbekiston, Toshkent

Mamadaliyev Alp-Bahodir Shuhrat og'li

Toshkent davlat agrar universiteti agrobiologiya fakulteti talabasi

O'zbekiston, Toshkent

Mamadaliyeva E'tibor Shuhrat qizi

научный руководитель,

ilmiy maslahatchi Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi assistenti,

O'zbekiston, Toshkent

LIVER IS AN IMPORTANT ORGAN FOR LIFE

 

Malika Xusanova

Student, Faculty of Medicine, Tashkent Medical Academy,

Uzbekistan, Tashkent

Alp-Bahodir Mamadaliyev

Student of Tashkent State Agrarian University Faculty of Agrobiology

Uzbekistan, Tashkent

Etibor Mamadaliyeva

Scientific supervisor, assistant of the department of histology and medical biology, Tashkent Medical Academy

Uzbekistan, Tashken

ANOTATSIYA

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U hazm qilish jarayonida ishtirok etadi, organism uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlaydi. Bundan tashqari jigar moddalar almashinuvida hosil bo’ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib himoya vazifasini bajaradi.

ABSTRACT

This article discusses the liver, one of the internal organs of living organisms. The liver is one of the most important organs in our body. Participates in the process of digestion, synthesizes the substances necessary for the body. In addition, the liver performs a protective function, neutralizing toxic substances that are formed during metabolism or come from outside.

 

Kalit so’zlar: jigar, safro, jigar qopqasi, o’t yo’llari, sirroz , glukoza , glikogen.

Keywords: liver, bile, hepatic valve, biliary tract, cirrhosis, glucose, glycogen.

 

Jigar organizmdagi eng katta bez (vazni 1200—2200 g). Qorin boʻshligʻida, diafragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar ostida yotadi. Rangi qizgʻish-qoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap boʻlagi bor. Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha Jigar darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan Jigarga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va jigarning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan chiqqan yoʻlga qoʻshilib, oʻn ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi [1].

Jigar organizmda 500 dan ortiq funksiyani bajaradi. Jigarning asosiy vazifasi filtrlash bo’lib, u qon orqali kelgan zararli moddalarni qondan tozalaydi. Unda oshqozon, ingichka ichak, taloq, oshqozon osti bezi va o’t pufagidan qon keladi. Jigarda oshqozon tizimi, immunet tizimi va endokrin tizimi mavjud [2].

Safro jigarda hosil bo'ladi va uning ovqat hazm qilishdagi ishtiroki xilma-xildir. Safro yog'larni emulsiya qiladi, ular lipaza bilan gidrolizlanadigan sirtni oshiradi; lipid gidroliz mahsulotlarini eritadi, ularning so'rilishini va enterotsitlarda triglitseridlarni qayta sintezini ta'minlaydi; oshqozon osti bezi va ichak fermentlarining, ayniqsa lipazaning faolligini oshiradi.Safro, shuningdek, o't shakllanishi, o't ajralishi, motor va sekretor faolligi stimulyatori bo'lib, tartibga soluvchi rolni ham bajaradi. ingichka ichak, epiteliositlarning (enterositlar) ko'payishi va desquamatsiyasi [3].

Moddalar sintezi. Jigar qonda CO 2 , oqsil va lipidlarni sintezlaydi, ular hazm qilish paytida ovqat tarkibidagi karbongidratlarning parchalaydi. Hosil bo’lgan glukozani o’zida glikogen sifatida saqlaydi. Glukoza kerak bo’lganda, jigar o’zida saqlagan glikogenni glukozaga aylantiradi [4].

Toksik funksiyasi: Organizmga tashqi muhitdan turli xil zararli moddalar kiradi va ichki muhitdagi turli xil reaksiyalar natijasida toksik moddalar ishlab chiqiladi.Organizmning bunday zaharli moddalar bilan kurashuvchi bir qancha reaksiyalarga ega bo’lgan organ bu – jigar hisoblanadim [5C. 91-94.].

Jigar hujayralariga zarar yetishiga quyudagi omillar sabab bo’lishi mumkin:

– Lipid almashinuvining buzilishi: natijada jigar hujayralarida yog’ to’planib qoladi. Buning oqibatida birinchi navbatda steatoz, so’ngra steatogepatit rivojlanadi.

– Genetik toplanish kasalliklari. Masalan, Vilsov-Konavalov kasalligiga mis metobolizmi buziladi va u jigar hujayralarida to’plana boshlaydi.

– Jigar ferment tizimlarining irsiy zaifligi jigar organining jiddiy kasallanishiga olib keladi.

– Turli etiologiyali gepatitlar: virusli, toksik (dori hamda alkogol), ishemik, jigarning yallig’lanishio’tkir yoki surunkali kechishi mumkin.

– Sirroz: toksik moddalarning jigarda doim ta’siri natijasida kelib chiqadi, nekrotik jarayonlar, qon kasalliklari, nasliy kasalliklar natijasida.

– Jigarda kuzatiladian o’sma kasalliklari: jigar yomon sifatli o’smalari, kistalar, to’qima absesi.

– Jigarning funksional kasalliklari: Jilber, Dubin-Jonson, Kligler-Nayara sindromi.

– Jigar ichi o’t yo’llari kasalliklari: xolongit, o’t yo’llarida yallig’lanish jarayonlari, o’t-tosh kasalliklari natijasida o’t yo’llari o’tkazuvchanligi buzilishi to’qimalar chandiqlanishi [6, C. 87-94.].

Xulosa qilib aytganda, organismning eng muhim a’zosi jigar hisoblanadi. U ovqat hazm qilishda, moddalar almashinuvida, metabolizmda, organizmni himoya qilishda ishtirok etadi. Undan tashqari odam o’zini har qanday kasalliklardan asrashi lozim [7,C.10-14.]. Chunki, har bir kasallik uchun iste’mol qilinadigan dorilar jigar yoydamida parchalanib, keyin kerakli bo’lgan a’zolarga ta’sir ko’rsatadi. Jigar atrof- muhitdan hamda organizmda ishlab chiqariladigan zararli moddalardan organizmni himoyalaydi.Ushbu organ bo’lmasa inson tanasi ishlamaydi. Bu o’z navbatida inson organizmiga jiddiy ta’sir qiladi. Hozirgi kunda tobora avj olgan ifloslanishlar butun dunyoda har hil kasalliklarni keltirib chiqarishda asosiy omil bo’lib kelmoqda. Birgina O’zbekiston misolida qaraydigan bo’lsak, atmosferaning 40 % gacha bo’lgan qismii zaharli gazlar yani avtomobil dvigatellari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tutunlar tashkil etishini guvohi bo’lamiz. Buning natijasida turli kasalliklarni vujudga kelishini kuzatishimiz mumkin [8, C. 389-397.].

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. Ahmedov Nosir Komilovich. A 98 Odam anatomiyasi: Atlas/N. K. Ahmedov; [Ma’sul moharrir: T. A. Soatov]. J. I.-T.: O’zbekiston milliyensiklopediyasi, 2018. -264 b.
  2.  Юлдашева, М. Б. Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati / М. Б. Юлдашева, М. Ж. Парпиева, М. И. Саттарова, Д. С. Туйчиева. — Текст : непосредственный /
  3. Lednev V. A., Shigakova L. A. TOPICAL ISSUES OF MEDICAL GENETICS OF THE XXI CENTURY. – 2022.
  4. Khaldarbekova G. Z. et al. BIOLOGICAL INDICATORS OF ORAL LACTOBACILLI IN WOMEN OF FERTILE AGE: NORMAL AND CAVITIES //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. – 2020. – Т. 7. – №. 03. – С. 2020.
  5. Kurbanov, A. K., et al. "Study of Working Conditions and Environmental Pollution, When Applying the Herbicide Zellec." International Journal of Scientific Trends 1.2 (2022): 91-94.
  6. Vladimirovna, Sarkisova Victoria, Shigakova Lyutsiya Anvarovna, and Muradova Emma Vladimirovna. "Menorrhagia-One of the Formidable Complications in Gynecology." Scholastic: Journal of Natural and Medical Education 2.4 (2023): 87-94.
  7. Zharkin, N. Ah, et al. "ovarian Apoplexy and its impact on reproductive health." Journal of Volgograd State Medical University 12.1 (2015): 10-14.
  8. Vladimirovna, Sarkisova Victoria, et al. "Menstrual Cycle Disturbances in the Reproductive Period." Central Asian Journal of Medical and Natural Science 4.2 (2023): 389-397.

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.