Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 21(191)

Рубрика журнала: Медицина

Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2, скачать журнал часть 3, скачать журнал часть 4, скачать журнал часть 5, скачать журнал часть 6, скачать журнал часть 7, скачать журнал часть 8, скачать журнал часть 9

Библиографическое описание:
Dadaxonova D.S. QUYOSHDAN HIMOYA QILUVCHI VOSITALAR // Студенческий: электрон. научн. журн. 2022. № 21(191). URL: https://sibac.info/journal/student/191/257604 (дата обращения: 20.07.2024).

QUYOSHDAN HIMOYA QILUVCHI VOSITALAR

Dadaxonova Dilfuzaxon Saloxiddin qizi

talaba, Chiroy estetikasi yo’nalishi, Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti,

O’zbekiston, Toshkent sh.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada terini quyoshdan himoya qilishning ahamiyati, quyoshdan himoya qiluvchi vositalarning turlari, quyoshdan himoyalovchi komponentlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

 

Kalit so’zlar: ultrabinafsha nurlar, SPF, PA, quyoshdan himoya filtrlari, kimyoviy filtrlar, fizik filtrlar, fotokatalizator, fotostabillik, antioksidant.

 

Hozirgi kunda quyoshdan himoyalanish nafaqat ayollar, balki erkaklar va yosh bolalar orasida ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Quyoshdan tarqaladigan zararli nurlardan himoyalanish teri saratoni, giperpigmentatsiya, kuyish, turli kelib chiqishi noma’lum toshmalarni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Inson terisiga yomon ta’sir qiladigan quyosh nuri spektri ultrabinafsha A va B hisoblanadi.

Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishda dermato-kosmetologlar SPF va PA kremlardan foydalanishni tavsiya qiladilar. Quyida ularning farqlari va qo’llanilish maqsadi bilan tanishib chiqamiz.

SPF – (ing. sun protection factor – quyoshdan himoyalovchi omil) quyoshning ultrabinafsha B nurlaridan himoyalovchi kosmetik vosita bo’lib, ko’rsatgichiga qarab terini ma’lum vaqt davomida to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nuridan himoyalaydi. SPF terini qanchalik darajada quyoshdan kuyish va eritemadan himoyalanish darajasini belgilab beradigan eng keng tarqalgan parametr hisoblanadi. Bu ko’rsatgich minimal eritema dozasini baholashga asoslangan. SPF ko’rsatgichi qancha yuqori bo’lsa teri shuncha uzoq vaqt davomida himoyalangan bo’ladi. Masalan, I fototipli odam quyoshdan himoyalanmay 5 daqiqa yura oladi, undan keyin quyosh nuri teriga zarar yetkazadi. SPF 15 ko’rsatgichli himoya vositasi bilan quyoshda 15 barobar ko’proq vaqt o’tkazishi mumkin, ya’ni 15x5 daq. = 75 daqiqa.

PA – (ing. protection grade of UV-A – ultrabinafsha A nurlanishdan himoya darajasi) quyosh nurining ultrabinafsha A spektridan himoya qiluvchi omil bo’lib, asosan Osiyo davlatlarida qo’llaniladi va kosmetik vositalarda “+” belgisi bilan belgilanadi. Yevropada esa PA o’rniga PPD (ing. persistent pigment darkening – barqaror pigmentatsiya hosil bo’lish ko’rsatgichi) omili qo’llaniladi va quyoshda me’yordan ortiq toblanishdan himoyalaydi. Bu ko’rsatgich kosmetik vositalar tarkibida “*” belgisi bilan belgilanadi. Quyoshdan uzoq vaqt davomida himoyalovchi samarali vositalarda “+” yoki “*” belgisi 3 tadan kam bo’lmasligi kerak. Nazariy jihatdan PPD 10 vosita quyoshda toblanmay 10 barobar ko’proq vaqt o’tkazish mumkinligini bildiradi.

Quyoshdan himoyalovchi kremlar asosini ultrabinafsha-filtrlar tashkil etadi. Bunday filtrlar o’z navbatida ikkiga bo’linadi: fizik filtrlar (mineral) va kimyoviy (organik) filtrlar (1-rasm).

 

1-rasm. UB-filtrlar: ta’siri, xususiyatlari, vakillari (Yangi kosmetologiya. Kosmetik vositalar: ingrediyentlar, retseptlar, qo’llanilishi. A. Margolina, E. Ernandes)

 

Fizik filtrlar noorganik birikmalarni o’z ichiga olib shu birikmalar asosida terini himoyalaydi. Ularga titan dioksid va rux oksidning suvda erimaydigan mikroionlashtirilgan ko’rinishi misol bo’ladi. Bu moddalar xavfsizligi va terini keng spektrli UB-nurlanishdan himoyalashida ijobiy ko’rsatgichlarga ega. Ammo birgina kamchiligi – mikro-bo’lakchalar terini oq rangga bo’yab qo’yadi. Buni oldini olish uchun faqatgina mikro-bo’laklar hajmini yanada kichraytirish mumkin, masalan nano-o’lchamlargacha. Biroq bu bilan yana bir muammo yuzaga keladi – titan dioksidning juda kichik o’lchamli molekulalari UB-nurlanish ta’sirida fotokatalizator bo’lib xizmat qilishi va quyoshdan nurlanishni aksincha kuchaytirib yuborishi, yoki krem tarkibidagi boshqa ingrediyentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ketishi mumkin. Bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik uchun nano-bo’laklar yuzasini maxsus polimer qoplamalar bilan modifikatsiyalanadi. Fizik filtrlar to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nurlarini 1,5-2 soat davomida himoya qilishga qodir, undan keyin kremni yangilash kerak.

Kimyoviy filtrlar esa tabiiy va sintez usulida olingan organik birikmalar hisobiga terini himoyalaydi. Bunday filtrlar ham o’z navbatida ikkiga: eski avlod va yangi avlod kimyoviy filtrlariga bo’linadi.

Ko’pgina eski avlod kimyoviy filtrlari ultrabinafsha nurlari bilan reaksiyaga kirishib ta’sir vaqti davomida tezda himoya funksiyasini yo’qotadi. UB nurlar ta’sirida o’zgarishga uchrab, terida erkin radikallar miqdorini oshirish, fotodermatit, yallig’lanish chaqirish va fotoqarishni tezlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun fotostabil (quyosh nurlariga chidamli) filtrli krem tanlash juda muhim.

Yangi avlod kimyoviy filtrlari fotostabil xususiyatga egaligi bilan qolgan filtrlardan afzaldir. U krem tarkibida fizik va eski avlod kimyoviy filtrlarni turg’unligini oshirishda, ta’sir kuchini uzoqroq vaqtga yetishini ta’minlashda stabilizatorlik qiladi. Kimyoviy filtrlardan eski avlod filtrlari terini to’g’ridan-to’g’ri tushadigan nurlardan uzog’i 2-3 soat davomida himoya qila oladi, yangi avlod filtrlari esa 3-4 soat. Agar siz shahar ichida, quyoshning to’g’ridan-to’g’ri nurlari ostida 3 soatdan ko’p vaqt o’tkazmasangiz yangi avlod filtrli yoki yangi avlod filtri bilan kompozitsiyadagi kremni yangilashingizga ehtiyoj yo’q.

Krem tarkibidagi yana katta ahamiyatli omillardan biri – antioksidantlar (C, E, B3 vitamini; CoQ10, alfa lipoik kislota). Antioksidantlar o’z o’rnida SPF tarkibida filtrlarni muvozanatga keltirib terini antioksidant himoya tizimini qo’llab-quvvatlaydi.

Shunday qilib, quyoshdan himoyalovchi vositalarni tanlashda siz qancha vaqt qiyoshda bo’lishingizga qarab.

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. A. A. Margolina, E. I. Ernandes Yangi kosmetologiya. Kosmetik vositalar: ingrediyentlar, retseptlar, qo’llanilishi, 2017 y. ­­ — 299 b.
  2. A. A. Margolina, E. I. Ernandes Yangi kosmetologiya. I tom, 2005 y. — 199 b.

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.