Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 10(180)

Рубрика журнала: Педагогика

Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2

Библиографическое описание:
Po‘latov J.A. ABDULLA AVLONIY ASARLARI ORQALI O'QUVCHILAR INTELLEKTUALLIGINI RIVOJLANTIRISH // Студенческий: электрон. научн. журн. 2022. № 10(180). URL: https://sibac.info/journal/student/180/244479 (дата обращения: 21.12.2024).

ABDULLA AVLONIY ASARLARI ORQALI O'QUVCHILAR INTELLEKTUALLIGINI RIVOJLANTIRISH

Po‘latov Jalil Abdisalom o‘g‘li

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta‘lim o‘quvchilarida milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi [1]. Ushbuda o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishga oid vazifalar belgilandi.

O‘quvchilar intellektualligini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, o‘quvchilar intellektualligini rivojlantirishda Abdulla Avloniy asarlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Abdulla Avloniy o‘zbek jаdid аdаbiyotining yirik nаmoyandаlаridаn bo‘lib, ХХ аsr ta’lim-tarbiya tаrаqqiyotigа ulkan hissа qo`shgаn olimdir. O‘quvchilar intellektualligini rivojlantirishda jаdidchi olim Abdulla Avloniy asarlari metodik manbaa bo`lib xizmat qiladi.

O‘quvchilar intellektualligini rivojlantirish muammosini nazari jihatdan yoritish maqsadida asosiy tushunchalar izohiga to`xtalib o`tamiz: “Rivojlanish” shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Shuningdek, “Intellekt” (lot. Intellectus- aql, idrok, zehn) [5] keng ma’noda kishining voqea hodisa mohiyatini to‘laligicha bilishga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati, tor ma’noda insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyatini nazarda tutadi.

Intellekt kishilardagi aql-zakovat, ma’naviy jihatdan yetuklik darajasini ham izohlaydi, tasavvur, idrok, sinchikovlik orqali jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, abstraksiya, tushuncha, hukm va h.k) orqali asosli bilimga ega bo`lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etish qobiliyatidir [4]. Rivojlanish mobaynida bir qancha omillar o`z ta`sirini o`tkazadi. Bunda tashqi muhit, ijtimoiy muhit kabilar muhim ahamiyatga ega. Insonni rivojlanishi borasida ko`pgina olimlar mulohazalar olib borishgan va o‘z fikrlarini bildirishgan. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar [3] aniqlab, intellektni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb o‘rganishgan. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqalar ham intellektni insonlarni  yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta`siriga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda. Intellektual xatti-harakatlar  tashqi muhit va nutqqa suyangan holda idrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti-harakatdir.

Intellektual rivojlanish mezoni (ong IQ  aqliy yosh (AYO) va xronologik yosh (XYO) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon: IQ = AYO/XYO x 100. Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali rivojlanishini aniqlash mumkin.

O‘quvchilar intellektualligini rivojlantirishda “Tafakkur” tushunchasi intellektuallikning tarkibi hisoblangani bois, “Tafakkur” quyidagicha izohlanadi: Tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi. Tafakkur jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa shakllarida yuzaga keladi.

Аvloniy 30 yildаn ortiq vаqt mobаynidа ijod qildi. Abdulla Avloniy shoir, yozuvchi, dramaturg hamdir. U faoliyatning ilk bosqichidan to umrining so`nggi damlarigacha o`qituvchilik qildi. O‘qitish fanlarining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan shug`ullandi.  Maktab uchun darsliklar yaratdi. XX-asrning zamonaviy o`zbek pedagogikasining asoschisidir. O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‘ygan mutafakkiridir. Uning asarlarini o‘rganar ekanmiz, o‘zining qarashlari, hur fikrlari bilan insonni ilm ma’rifatga,  turli sohalarda rivojlanishga bo‘lgan da’vat ruhi ufirib turadi. Xo‘sh, o‘quvchilar intellektualligini oshirish uchun adib hayotini, uning asarlari, darsliklarining qay jihatlariga e’tiborimizni qaratmog‘imiz lozim? Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912), axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniyning xalqni ilm olishga, ma'rifatga tashviq qilganidan dalolat beruvchi misralaridan biri quyidagidir:

Idrok ila aqling-la ayur yaxshi-yomonni,

Behudaga sarf etma, shu qimmatli zamonni.

Sa'y et, jadal et, ilmu fununa harakat qil,

Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni [2].

Abdulla Avloniy ning maktab uchun yaratgan asarlari nafaqat badiiy, balki nоyob tarixiy- pedagоgik, ta’limiy va qоmusiy yodgоrlik hisоblanadi. So’nggi yillarda buyuk dоnishmandlik majmuasi bo’lmish bu asarlarni o’rganishga qiziqish ayniqsa kuchaydi. Sharq mutafakkirlari asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqrоr bo’lamizki, ular asarlarida mangu kitоblarida ifоda etilgan buyuk g’оyalar, falsafiy pedagоgik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qоldiradi. Abdulla Avloniy haqida juda ko'p olimlarning ishlari bor. Abdulla Avloniy aksariyat asarlarda jadid, milliy teatr asoschisi, shoir va mohir yozuvchi sifatida tahlil qilinadi. Adibning pedagogik qarashlari, mohir o’qituvchilik faoliyati hali hamon tadqiq nazarida qolmoqda. Bu sohada Abdulla Avloniy asarlarida yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning pedagogik talqini yoritib berilgan. Shuningdek, ishda nazariy xulosalar yaratishda N.Karimov, B.Nazarov, S.Mirvaliev, B.Qosimov, SH.Rizaev, M.Jumaboev, R.Barakaev, Y.Abdullaev va boshqa adabiyotshunoslarning ilmiy asarlarida bayon qilingan nazariy xulosalarga ham tayanishimiz mumkin. S.Nishonova, O.Musurmonova, U.Mahkamov kabi ko’plab olimlarning ilmiy tadqiqotlari shu jihatdan e’tiborga loyiqdir.  Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adibning asarlarini o‘rganar ekanmiz, unda boy tarixiy va zamonaviy hayot masalalari aks etgani, o‘quvchilarning ilm olishi, aql salohiyatga ega bo‘lishi, tafakkur va dunyoqarashini kengayitirishi uchun boy adabiy, ilmiy meros sifatida biz o‘rganuvchilar  uchun qimmatli manbalardir.

Abdulla Avloniy ijodi, uning asarlari mazmun mohiyatini o`ganish davomida alohida qayd etish joizki, olimning ijodidagi g`oyaviy manbaalar o`quvchlarda ijodiy kompetentlikni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi.

Ta‘kidlash mumkinki, Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi bevosita insonni ulug‘lash bilan uzviy bog‘lanadi. Abdulla Avloniyning pеdagogik qarashlari bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois uning ijodiy mеrosini chuqur o’rganishga qiziqish ortib bormoqda va har birimiz aqliy salohiyatimizni, ilmiy fikrlashimizni rivojlantirishimiz uchun bu boy merosdan xabardor bo‘lishimiz kerak.

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-soni qarori. https://www.lex.uz/docs/-3137130
  2. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar: 1-2jildlik. To‘plovchi va nashrga tayyorlovchi: B.Qosimov. – Toshkent. Ma‘naviyat, 2009. 7- 9 bet.
  3. Абдусаматова Ш.С. Интерактивное обучение как специальная форма организации познавательной деятельности. “Замонавий педагогиканинг долзарб муаммолари” илмий мақолалар тўплами, 2020. 191-194.
  4. Xoliqov A.“Pedagogik mahorat.– Toshkent. «IQTISOD-MOLIYA» 2011. 100 -130 b.
  5. Qodirov R.G`. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. –T.: 2005, 6-9 b.

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.