Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: LXVIII Международной научно-практической конференции «Экспериментальные и теоретические исследования в современной науке» (Россия, г. Новосибирск, 25 августа 2021 г.)

Наука: Информационные технологии

Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции

Библиографическое описание:
Kurbanov A.A. O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLOVCHI AMALIY DASTURLAR TIZISHDA PYTHON DASTURLASH TILIDAN FOYDALANISH // Экспериментальные и теоретические исследования в современной науке: сб. ст. по матер. LXVIII междунар. науч.-практ. конф. № 8(62). – Новосибирск: СибАК, 2021. – С. 92-97.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLOVCHI AMALIY DASTURLAR TIZISHDA PYTHON DASTURLASH TILIDAN FOYDALANISH

Kurbanov Abdurahmon Alishboyevich

Sirdaryo viloyati xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o’qituvchisi,

O’zbekiston, Sirdaryo

ANNOTATSIYA

Test dasturlarini yaratish va foydalanish ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo’lib, bunda o’quvchi o’zining bilimini nazorat qilish, savollarni o’zlashtirish yordamida bilimini muntazam oshirib boradi. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda python dasturlash tilining tkinter (GUI) hamda ramdom kutibxonalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

ABSTRACT

The creation and use of test programs is an integral part of the educational process, in which the student constantly improves his knowledge by controlling his knowledge, mastering the questions. The use of python programming language tkinter (GUI) and ramdom libraries in the creation of pedagogical software is very effective.

АННОТАЦИЯ

Создание и использование тестовых программ является неотъемлемой частью учебного процесса, в котором студент постоянно совершенствует свои знания, контролируя свои знания, усваивая вопросы. Использование языка программирования Python tkinter (GUI) и библиотек ramdom при создании педагогического программного обеспечения очень эффективно.

 

Kalit so’zlar: Test dasturi, nazorat qilish, nazorat qilishning inovatsion metodlari, Tkinter, Python, for, add, def, import, random, pedagogik dasturiy vositalar, import math.

Keywords: Test program, control, innovative methods of control, Tkinter, Python, for, add, def, import, random, pedagogical software, import math.

Ключевые слова: тестовая программа, контроль, инновационные методы контроля, Tkinter, Python, для, add, def, import, random, педагогическое программное обеспечение, импортная математика.

 

Baholash – ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, o’quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo’yilgan mezonlar asosida belgilash, o’lchash, tahlil qilish jarayonidir.

O’quvchilar bilimini nazorat qilishda bir qator zamonaviy metodlar blits so’rov, rolli o’yinlardan foydalangan holda o’tkazilib borlishi bu o’quvchilarda ham bilim olishga bo’lgan qiziqishini juda ham oshirib boradi.

Baholashning inovatsion metodlari.

Informatika fanidan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda “Hisoblash tenikasining rivojlanish tarixini bilasizmi?”, “Eng yaxshi chiroyli dastur”, “Kim kompyuterda tez, to’g’ri hisoblaydi?”, “Kompyuterda naqsh chizish” tanlovi,

O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashda kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim. Bunday dasturlarni tuzish uchun python dasturlash tilining Tkinter, random va boshqa kutibxonalaridan foydalanamiz.

Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Tkinter - Python uchun standart GUI kutubxonasi. Python Tkinter bilan birgalikda GUI dasturlarini yaratishning tez va oson usulini taqdim etadi. Tkinter Tk GUI asboblar to'plamiga kuchli ob'ektga yo'naltirilgan interfeysni taqdim etadi.

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari orasida eng yaxshisidir.

Python tili sintaksisi o`zi kabi sodda

  • Satr oxiri instruksiyaning  oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas)
  • Har bir qator boshidagi  bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.
  • Pythonga kiritilgan amallar  bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi.

Bir nechta maxsus holatlar

  • Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin.

a = 1; b = 2; print(a, b)

Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.

  • Bitta amalni bir nechta satrga yozish mumkin faqat aylana, to`rtburchak va figurali qavslardan foydanish kerak.

if (a == 1 and b == 2 and

c == 3 and d == 4):

print('spam'*3)

Kalit so`zlar

False – yolg`on.

True - rost.

None - “bo`sh” obyekt.

and – mantiqiy VA amali.

with / as – konteks menejeri.

break –tsikldan chiqish.

class – metod va atributlarda iborat.

continue – tsikldan keyingi iteratsiyaga o`tish.

def – funksiyani aniqlash.

del – obyektni yo`qotish.

elif – aks holda, agar.

else – for/else yoki if/elsega qarang.

for – for tsikli.

from – moduldan bir nechta funksiyani import qilish.

if - agar.

import – moduldan import.

is –xotirani bitta joyida 2 ta obyektni jo`natsa bo`ladimi.

lambda –yashirin funksiyani aniqlash.

not –mantiqiy inkor amali.

or –mantiqiy Yoki amali.

while – while tsikli.

Quyida python dasturlash tilining Tkinter va random kutibxonalari yordamida test dasturini ko’rib chiqamiz.

Buning uchun Kompyuterga PyCharm dasturini ishga tushuramiz. Bu dastur dasturchilar uchun Python IDE bo’lib unda kod yozish anchagina qulay. Test dasturi uchun Tkinter modulida quyidagi formani tuzishimiz mumkin.

 

Dastur natijasi:

 

Rasm 1.

 

Dasturda savollarni chiqarish uchun bitta Label ob’ektini, sikl yordamida javoblar uchun 4 ta Radiobutton va ikkita tugma savolni tashlab ketish va javob berish uchun joylashtiramiz.

Savollarni matn faylidan o’qib olamiz va Random orqali javoblarni almashtiramiz. Savollarni almashtirish uchun kodni yozishimiz yetarli.

Bu malasalada oddiy test dasturini qanday tuzish haqida misollar keltirilgan foydalanuvchi shu kodlar yordamida to’liq shakildagi o’quvchilar bilimini baholovchi test dasturini yozishi mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Дмитрий Мусин. Самоучитель Python. 2015 г
  2. К.Ю. Поляков, В.М. Гуровиц. Язык Python в школьном курсе информатики – М.: Издательский дом МЭИ, 2011. – 424.
  3. Г.Россум, Ф.Л.Дж.Дрейк, Д.С.Откидач. Язык программирования Python
  4. К.Ю. Поляков, Е.А. Еремин. Информатика, 10 класс.
  5. https://www.tutorialspoint.com/python/python_gui_programming.htm 
  6. https://docs.python.org/3/library/tkinter.ttk.html#standard-options
  7. https://www.pythontutorial.net/tkinter/tkinter-stringvar/
  8. https://python-forum.io/thread-26854.html
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.